Poytaxt hokimligining yozişiça, şahar hokimi örinbosari boşçiligidagi işçi guruh talabalar yotoqxonasiga borib, vaziyatni örgangan.

Aniqlanişiça, Talabalar şaharçasida davlat-xususiy şeriklik asosida qurilgan mazkur talabalar turar joyi hali rasman foydalanişga topşirilmagan. Obyektning kadastr hujjatlari rasmiylaştirilmagan, foydalaniş uçun zarur ruxsatlar olinmagan.
Şuningdek, issiq suv va isitiş tizimlari hali ulanmagan, yonğin xavfsizligi böyiça ham obyekt amaldagi talablarga javob bermagan. Şu sababli talabalar xavfsizligini taʼminlaş maqsadida ular mazkur obyektdan çiqarilib, universitetning mavjud talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga töliq joylaştirilgan.
Xabarda aytilişiça, mazkur obyektga avval joylaştirilgan talabalardan undirilgan tölovlar tadbirkor tomonidan 3 kun muddatda töliq qaytarib beriladi.
Eslatib ötamiz, poytaxtdagi Texnika universitetining 300 nafar talabasi yotoqxona uçun pul tölagan bölsa-da, bir keçada binodan çiqarib yuborilgan, talabalar bu talabni huquq idoralari va universitet maʼmuriyati qöyganini maʼlum qilgandi.













