Yaponiya janubi-ğarbidagi Kagosima prefekturasida 5,2 ballik yerosti silkinişi röy berdi. Bu haqda mamlakat Boş meteorologiya boşqarmasi xabar qildi. 

Zilzila markazi Kagosima böğozida 10 km çuqurllikda bölgan. Kagosima prefekturasining özida zilzila kuçi Yaponiyaning 7 ballik şkalasi böyiça 5 balni taşkil etgan. 

Tsunami tahdidi e'lon qilinmagan. Jabrlanganlar va vayronagarçiliklar haqida axborotlar yöq.