Oqqörğon tumani elektr ta'minoti korxonasi rahbari Rustam Anvarov (ism-familiyasi özgartirilgan) 2015 yilning dekabridan 2016 yilning may oyiga qadar uşbu lavozimda işlab, korxonaga 501 mln. 268 ming sömlik zarar yetkazilişiga sababçi bölgan. Xususan, R.Anvarov qonun hujjatlariga zid ravişda elektr energiyasi haqining kamida 50 foizini oldindan tölamagan, şuningdek, şartnomada belgilangan muddatlarda tölanmagan qarzi bor korxonalarga energiya yetkazib berilişiga yöl qöyib, davlatning energiya taşuvçi qurilmasining behuda va asossiz sarflanişiga yöl qöyadi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Xizmat vazifasiga sovuqqon munosabat, nafsga erk beriş natijasida energiya sarfining hisob-kitob tizimi töğri taşkil qilinmaydi. Buning oqibatida R.Anvarov iste'molçilarga yetkazib beriş uçun korxonaga kirim qilingan 230 mln. 199 ming sömlik elektr energiyaning noma'lum, ya'ni tuman elektr korxonasining elektron röyxatida bölmagan iste'molçilar tomonidan sarflanib yuborilişiga yöl qöyadi.

Bundan taşqari, elektr energiyasiga noqonuniy ulangan iste'molçilarni tegişli tartibda javobgarlikka tortiş çoralarini köriş örniga, ulardan moddiy manfaat körib keladi. Xususan, nazoratçilar tomonidan “Zokir kelajak” xususiy korxonasi rahbari Sodiqjon Umarov özboşimçalik bilan elektr tarmoğiga ulanib, tuman elektr ta'minoti korxonasiga 6 mln. 800 ming sömlik zarar yetkazgani aniqlanadi.

Rahbar uşbu holat böyiça tuzilgan dalolatnomani rasmiylaştirmaslik evaziga, qonunbuzardan “uluş” talab qiladi. Biroq uning bu rejasi yakunlanmay qoldi. S.Umarovdan 3 mln. söm pulni pora tariqasida olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlandi.

Sud R.Anvarovni JKning tegişli moddalari bilan aybdor deb topib, unga 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.