Toşkent viloyati, Oqqörğon tumanida eri tomonidan kaltaklangan 23 yoşli ayol şifoxonada vafot etdi. Toşkent viloyati Içki işlar Boş boşqarmasi qözğatilgan jinoyat işi qayta malakalangani haqida xabar berdi.
«Afsuski, 23 yoşli ayol körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun şifoxonada vafot etdi… Mazkur holat jabrlanuvçining ölimiga olib kelgani sababli qözğatilgan jinoyat işi Jinoyat Kodeksining 126 (1) - moddasi 8-qismi «g» bandiga qayta malakalandi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Oqqörğon tumanida turmuş örtoğini urgan 37 yoşli erkak qölga olingan, ayol jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
Ta’kidlanişiça, 16 yanvarda Oqqörğon tumanida 1988 yilda tuğilgan fuqaro K.G. va uning 2001 yilda tuğilgan turmuş örtoği Ş.U. örtasida oilaviy kelişmovçilik kelib çiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, unga tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvçi Çinoz tumani tibbiyot bölimiga murojaat qilgan. Ayolning eri protsessual tartibda uşlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126 (1) -moddasi (oilaviy maişiy zöravonlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Endi gumondor qayta malakalangan iş böyiça 10 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.












