Toşkent viloyati, Oqqörğon tumanida Içki işlar organi maşinasidan özini taşlagan fuqaro jarohat olib, şifoxonada vafot etdi. Bu haqda Toşkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 26 iyul kuni tunda Oqqörğon tumani, «Hamid Olimjon» mahallasida istiqomat qilgan T.M. «Qöştepa» mahallasidagi avtomobillarni yuviş şoxobçasida mast holatda jamoat tartibini buzgani haqida aholi tomonidan murojaat bölgan.
Çaqiruvga asosan borgan Içki işlar organi (IIO) xodimlari uni mastlik tarqalguniga qadar Böka tumani Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli punktga (huşyorxonaga) yetkaziş uçun xizmat avtomaşinasida olib ketişgan.
Avtomaşina orqa örindiğida ötirgan T.M. içki işlar organi xodimlaridan qoçiş maqsadida, eşikni yelkasi bilan oçib, özini yerga taşlagani ta’kidlanmoqda. Böka tumani Tibbiyot birlaşmasining ma’lumotiga köra, unda boş qismining içki va taşqi jarohatlari, şilingan, burun suyagi sinişi va boşqa tan jarohatlari hamda alkogol mastlik holati aniqlangan.
T.M. jarrohlik amaliyoti ötkaziş zarurati sababli Bekobod tumani Markaziy şifoxonasiga olib borilgan, biroq körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Holat yuzasidan Oqqörğon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda IIO xodimlari harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.












