Ruminiyada NATOning mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy maşqlari Saber Guardian-2017 seşanba, 11 iyul kuni boşlanmoqda, deb xabar berdi Ruminiya Radiosi.

Xabarga köra, maşqlarda 23 davlatdan bölgan taxminan 25 ming harbiy xizmatçi qatnaşmoqda. Maşqlar bir vaqtning özida Ruminiya, Bolgariya hamda Vengriya hududida ötkaziladi.

Radiostansiya ma'lumotiga köra, Ruminiya hududidagi maşqlar 20 dan ortiq poligonlarda bölib ötadi. Ular davomida jangovar texnikaning tezlik bilan harakatlanişi, ştab maşqlari, jangovar öq uzişlar, suv oqimlaridan ötiş va yaralanganlar evakuatsiyasi ötkaziladi.

Saber Guardian-2017 maşqlari 11-20 iyul kunlari davomida bölib ötadi.