«Özbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan Tohir Sodiqov, Aziza Niyozmetova, Şarof Muqimov hamda Şerali Bekmurodovning litsenziyasi bekor qilindi.

«Lisenziatlar Tohir Sodiqov, Aziza Niyozmetova, Şarof Muqimov va Şerali Bekmurodov bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.-bandida nazarda tutilgan şartlar buzilganligi sababli, uşbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyaning amal qilişi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 11 iyuldan tugatilganligini bildiramiz», deyilgan «Özbekkonsert» matbuot xizmati xabarida.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda odatda xonandalarning litsenziyalari ular davlat tadbirlarida iştirok etişdan boş tortgan hollarda olib qöyiladi.

Özbekistonda har bir qöşiqçi faoliyati uçun litsenziya olişi kerak, litsenziya bir yil muddatga beriladi.

Yangi tartiblarga köra, xonanda konsertlarida qöşiqlarining 60 foizlik qismini jonli ijroda kuylaşi talabi qöyilgan.