Janluiji Donnarumma «Milan»da qoladi. Klub rasmiy sayti 18 yoşli futbolçi bilan yangi 4 yillik şartnoma tuzgani haqida e'lon qildi.
Yangi şartnomaga köra, futbolçining badal puli etib 70 mln yevro belgilangan.
Ötgan oyda futbolçi jamoa bilan şartnomani uzaytirmasligi haqida xabarlar tarqalgan, tomonlar aynan badal puli böyiça kelişa olişmagandi. Futbolçining agenti Mino Rayola bu bandda narx 50 mln. yevro bölişini istagan edi, klub esa 100 mln. yevro narx belgilamoqçi bölgandi.
Şundan söng, futbolçi «Real», «PSJ» yoki «Yuventus»ga ötib ketmoqçiligi haqida xabarlar tarqaldi. Jamoa muxlislari esa futbolçining futbolkasini yoqişdi, unga turli-tuman haqoratli sözlar yöllaşdi.
Donnarummaning kelişuvga rozi bölişiga akasi Antonio «Milan»ga qabul qilişi bölgan.












