11 iyul kuni «Bavariya» «Real»dan Xames Rodriges ikki yil muddatga ijaraga olingani haqida ma'lum qildi. 

Myunxenliklar jamoasi ikki yil uçun ijara haqi sifatida 10 mln yevro tölaydi. Kolumbiyalik futbolçining öziga esa yiliga 6 mln yevrolik maoş tayinlangan.

Marca xabariga köra, «Bavariya» ikki yildan keyin futbolçini 40 mln yevroga (uning hozirgi transfer qiymati 75 mln yevro edi) sotib olişi mumkin böladi.

«Bavariya» boşqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge uşbu transfer haqida gapirdi.

«Bu transferni amalga oşirganimizdan xursandmiz. Rodrigesning taklif qilinişi Karlo Ançelottining xohişi edi. Ular öz vaqtida Madridda birgalikda muvaffaqiyatli iş olib borgandi.

Xames — universal öyinçi. U juda xavfli, köp gol uradi va jarima zarbalarini yaxşi amalga oşiradi. Bu transfer bizga jamoa saviyasini yuqoriga kötariş imkoniyatini beradi», degan Rummenigge.