Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida yangi qurilayotgan “Uz GTL” korxonasi hovlisidan umumiy qiymati 9.785.067 sömlik quriliş mollari öğirlab ketilgan. Bu haqda korxona mutasaddilari tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Mazkur jinoyatni sodir etgan şaxslarni aniqlaş va uşlaş uçun içki işlar organlari xodimlari tomonidan körilgan tezkor çoralar natijasida jinoyatçilar köp ötmay qölga olindi. Ularning şaxsi aniqlaştirilganda, biri Dehqonobod tumanida yaşovçi 1988 yilda tuğilgan O.B va boşqasi Koson tumanida yaşovçi 1988 yilda tuğilgan J.Q lar ekanligi ma'lum böldi.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.