Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Toşkentga amaliy taşrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining örinbosari – taşqi işlar vaziri Raşid Meredovni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar tarqatdi.

Uçraşuv avvalida davlat rahbari döst Turkmaniston xalqiga va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga özining çuqur hurmatini izhor etdi va samimiy salomini yölladi. 

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda özaro munosabatlar izçil rivojlanib, mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta'kidlandi. 

Özbekiston Prezidentining Turkmanistonga şu yilning mart oyidagi ilk davlat taşrifi, may va iyun oylarida "Avaza" sayyohlik zonasi va Qozoğiston poytaxti Ostonadagi amaliy uçraşuvlar, şuningdek, ikki davlat rahbarlarining muntazam muloqotlari Özbekiston bilan Turkmaniston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqqani va Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma qoidalarini amalga oşirişni ta'minlayotgani qayd etildi. 

Ayni paytda kelişuvlarga muvofiq Özbekiston va Turkmaniston kompaniya va korxonalari qiymati 200 million dollardan ziyod qöşma taşqi savdo şartnoma va bitimlarni amalga oşirmoqda. 

Qişloq xöjaligi maşinasozligi sohasida tizimli va uzoq muddatli hamkorlik yölga qöyildi, Turkmanistonga navbatdagi paxta teriş maşinalari, kultivator va boşqa zamonaviy texnikalar yetkazib berildi. Şu oyda Aşxobodda Savdo-servis markazi öz faoliyatini boşlaydi. 

"Özbekiston temir yöllari" aksiyadorlik jamiyati korxonalari bazasida Turkmaniston temir yöllari harakatlanuvçi tarkibini ta'mirlaş va modernizatsiya qiliş işlari olib borilmoqda. 

Turkmanobod – Farob avtomobil va temir yöl köpriklari oçilgaç, mamlakatlarimiz örtasida tranzit taşişlar hajmi sezilarli darajada köpaydi. Özbekistonning faqat temir yöl orqali Turkmaniston hududidan ötgan eksport yuklari hajmi 25 foiz oşdi. 

Madaniy-gumanitar sohada ham hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Toşkentda Aşxobod boğini taşkil qiliş işlari boşlandi. Sentyabr oyida sportçilarimiz Turkmaniston poytaxtida yopiq inşootlarda va jang san'atlari böyiça bölib ötadigan navbatdagi Osiyo öyinlarida iştirok etadi. 

Suhbat çoğida mamlakatlar örtasida amaliy hamkorlikni kengaytiriş, strategik şeriklikni mustahkamlaşga qaratilgan yangi yönalişlarni belgilaş va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşiriş masalalari muhokama etildi.