"Real Madrid"ning AQŞda bölib ötadigan mavsumoldi maşğulotlariga jalb qilingan 26 nafar futbolçidan iborat röyxatdan Kriştianu Ronaldu hamda Serxio Ramos joy olmadi.
AS bergan ma'lumotga köra, Konfederatsiyalar kubogida iştirok etgan Ronaldu va yoşlar örtasidagi Yevropa çempionatida qatnaşgan Xesus Valexo hamda Borxa Mayoral ta'tilda. Şuningdek, dam oliş kunlari taqdim etilgan Ramos ham payşanba kuni özi Los-Anjyelesga yöl olgan.
Röyxatda quyidagi futbolçilar bor: darvozabonlar Keylor Navas, Kasilya, Ruben Yanes, Luka; himoyaçilar Karvaxal, Varan, Naço, Marselo, Teo, Danilo, Kesada, Texero, Xakimi, Manu Ernando; yarim himoyaçilar Kroos, Kasemiro, Modriç, Isko, Kovaçiç, Oskar, Françu; hujumçilar Benzema, Beyl, Lukas Vaskes, Morata, Dani Gomes.
"Real" Xalqaro çempionlar kubogida "Mançester Yunayted", "Mançester Siti" va "Barselona"ga qarşi öyin ötkazadi.












