AQŞ prezidenti Donald Trampning öğli Kiçik Donald Tramp tvitterdagi sahifasida musiqa agenti Rob Goldstoun bilan Hillari Klinton haqida söz yuritilgan yozişmani çop etdi. Bu yozişmada Klintonga ziyon yetkazişi mumkin bölgan ma'lumot muhokama qilingan.

Birinçi xat 3 iyun sanasi bilan bitilgan. Unda Goldstoun rossiyalik qöşiqçi va tadbirkor Emin Agalarov unda Klinton haqida hujjatlar borligi haqida Kiçik Trampga yetkazişni söraganini ma'lum qilgan. 

"Agar bu siz aytayotgan narsa bölsa – menga yoqmoqda", deb javob bergan Trampning öğli.

Trampning öğli xatlarni çop etişini töliq "oçiq-oydin" bölişni istayotgani bilan tuşuntirgan.