Özbekistonda Sea Breeze Uzbekistan qöşma korxona sifatida rasman röyxatdan ötkazildi. Bu korxonalar va taşkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlarida keltirilgan.

Unga köra, Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasi hukumat qarori qabul qilingan kundan uç kun ötgaç — 4 avgust kuni röyxatga olingan. Manzili — Toşkent viloyatining Böstonliq tumani, kompaniyaning ustav fondi esa 400 mln söm. Qöşma korxona noturar joy binolari qurilişi bilan şuğullanişi körsatilgan.

Qöşma korxona ta’sisçilari har biri 50 foiz uluş bilan Ozarboyjonning Agalarov Development kompaniyasi hamda Mahmudov Uluğbek Abdurasuloviç hisoblanadi. Direktori esa Hamidov Sardor ekani körsatilgan.

Öz navbatida, Breeze Development qöşma korxonasi ham 3 iyun kuni röyxatdan ötgan edi, biroq 27 iyul kuni qayta röyxatga olingan. Kompaniyaning ustav fondi 400 mln sömni taşkil etib, asosiy faoliyat turi turar joy binolarini quriş. Ta’sisçilar — Agalarov Development va Mahmudov Uluğbek Abdurasuloviç (har biri 50 foizdan), direktor — Sultonxöjayev Nabi Habibulloyeviç. U esa ilgari Özinterimpeks boşqaruvi a’zosi bölgan.

Şu yilning iyul oyida Agalarov Development Toşkentda Sea Breeze sotuv ofisi oçilişi rejalanayotgani haqida yozgandi. Agalarov Residence savdo ofisi Sea Breeze brendiga tegişli obektlarni sotiş vakolatiga ega böladi.

Eslatib ötamiz, Emin Agalarov va unga tegişli kompaniyalar iştirokida qurilişi aytilayotgan turizm markazi 10 ta kiçik hududga bölib bunyod etiladi. Ularning har biri piyoda boriş mumkin bölgan köngiloçar maskan va xizmatlarni qamrab oladi.

Emin Agalarov bu qariyb 6,5 mln kv metr maydonni egallovçi yangi şahar bölişi va bosqiçma-bosqiç bunyod etilişini aytgandi. “Biz harakatlarni tezlaştirib, şu yozda quriliş jarayonlariga faol kirişamiz”, - degan u.

Şu yilning iyun oyida esa IV Toşkent Xalqaro investitsiya forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Agalarov Develoment kompaniyasi örtasida qiymati 5 mlrd dollarlik kelişuv imzolagan.

Undan keyin Emin Agalarov Sea Breeze Uzbekistan loyihasi qurilişi bilan boğliq ekologik xatarlarga izoh berib, Çorvoqning hozirgi holati saqlanib qolinişini qayd etgandi. “Ekologiya bizning ustuvor vazifamizdir. Hamma joyda tozalaş inşootlari bölişi, suvga ortiqça heç narsa taşlanmasligi kerak. Özbekiston aholisi va sayyohlar foydalana oladigan turistik hudud yaratamiz”, - degandi Ozarboyjon prezidentining işbilarmon kuyovi.