Özbekistonda avtomobillar uçun çiroyli davlat raqamlarini olişda xorijiy mamlakatlar tajribalari qöllanilişi haqida avval ham xabar bergan edik. Respublika IIV YHXBB boşliği, polkovnik Xolmatjon Saydaliyev jurnalistlar bilan brifingda tez orada uşbu masalaga oydinlik kirituvçi hujjatlar işlab çiqilişi haqida gapirib ötgan edi.

Nihoyat, öşa hujjat işlab çiqilib, qabul qilindi — Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi «Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari haqida»gi №PQ-3127-sonli qarori davlat rahbari rasmiy saytida e'lon qilindi.

Hujjatga köra, 2017 yilning 1 sentabridan avtotransport vositalarining qayd etiş davlat raqamlaridagi son va harflarini talab etilgan kombinatsiyaga köra tölovlarning yuqoriroq stavkasi böyiça tanlab oliş, jumladan, ularni kimoşdi savdosi (auksion) orqali xarid qiliş tartibi örnatiladi.

Endi, hujjatga muvofiq, bir oy içida yuqoriroq stavka böyiça nomerlarni tanlaş tartibi ham işlab çiqiladi.