Ispaniya: «Mestalya»ning sehri tugadi

«Valensiya» — «Barselona» — 2:3 (Gabriel Paulista, 50. Soler, 83 — Messi, 57, 69. Grizmann, 63)

Ikki turga diskvalifikatsiya qilingan Ronald Kuman «Granada»ga qarşi öyindan keyingi intervyusi orqali şogirdlariga bu öyindagi mağlubiyat hali heç narsani anglatmasligi, barçasi hali oldinda ekani, navbatdagi beş öyindagi ğalaba çempionlikni ta'minlaşi haqidagi fikrni singdirişga harakat qildi. Bu sözlar töğriligi tuşunarli. Amalda esa kök-anorranglilar keyingi haftada «Atletiko»ga qarşi yil öyinidan oldin bu hafta «Mestalya»ni zabt etişi talab etilardi, bu yerda ular 2016 yil oktyabridan buyon ğolib böla olişmayotgandi.

Birinçi bölimda mehmonlar bir neça bor qulay vaziyatlardan foydalana olmaganda, ikkinçi bölim boşida burçak zarbasi amalga oşirilganda liganing eng samarali himoyaçisi Gabriel Paulistaga gol urişga yöl qöyib berilganda yana hamma «körşapalaklar» jamoasi uy stadionining magiyasini eslay boşladi. Messi penaltini aniq ijro eta olmagaç, bu fikr yanada mustahkamlandi, ammo Silessen zarbani qaytarganidan keyin davom etgan hujumni baribir argentinalik futbolçi gol bilan yakunladi va bu epizod öyinni özgartirdi. «Barsa» çempionlik poygasida qoladigan böldi, öyinning eng omadsiz kişisi esa Silessen bölib çiqdi.

U 11-metrlik nuqtadan berilgan zarbadan taşqari de Yongning boş bilan bergan zarbasini ham barmoqlari uçlari bilan qaytardi, ammo bu safar töpga Grizmann yetib keldi, köp ötmay Messi kök-anorranglilar futbolkasida 50-marta jarima nuqtasidan gol urdi va bu öyin taqdiri hal böldi. Solerning öyin oxiridagi çiroyli goli natijaga ta'sir körsatmadi. La liganing keyingi turida — «Barselona» — «Atletiko» va «Real» — «Sevilya» öyinlarini muxlislar vulqonning uyğonişini kutayotgandek kutişmoqda.

Fransiya: «Monako» köpçilik bölib yutqazdi
«Monako» — «Lion» — 2:3 (Folland, 25. Ben Yyedder, 86, penaltidan — Depay, 57. Marselu, 77. Şerki, 89)

Monegaskliklarning bir qator futbolçilari koronavirus tufayli safdan çiqişgan. Millo, Matazo, Diatta, Matsima va Jyelson Martinş qatoriga endi Aleksandr Golovin ham qöşildi. Undan taşqari, Yovetiç jarohatini davolaşda davom etmoqda. Niko Kovaç bu öyinda himoyaviy öyin olib borişini oldindan biliş qiyin emasdi - Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun «Monako» faqat natijani öylaşi kerak.