«Ayaks» havbek Hakim Ziyoş faoliyatini «Çelsi»da davom ettirişini tasdiqladi.

Amsterdamliklar klubi uşbu marokaşlik futbolçi 2020 yilning 1 iyulida «Çelsi» safiga borib qöşilişini ma'lum qilgan. Futbolçi mavsum yakuniga qadar «Ayaks» safida töp surişda davom etadi.

Ingliz klubi ham 26 yoşli havbek transferini tasdiqlagan.

Transfer qiymati 40 million yevroni taşkil etadi. Turli bonuslar hisobiga bu miqdor 44 million yevrogaça yetişi mumkin.

Ziyoş «Ayaks» safida 2016 yilning 11 sentyabrida «Vitess»ga qarşi öyinda debyut qilgandi (1:0). U  «Ayaks» safida 160ta rasmiy öyinda maydonga tuşgan va 49 golga mualliflik qilgan.

Bundan avvalroq, «Çelsi» Ziyoş bilan 5 yillik şartnoma tuzgani haqida xabar qilingandi. London klubining rasmiy bayonotida aytilişiça, klub hali futbolçi şartnomaning moliyaviy jihatlarini uzil-kesil kelişib olmagan.