«Bavariya»ning yangi futbolçisi, kolumbiyalik yarim himoyaçi Xames Rodriges yangi klubida 11-raqam ostida öynaydi. Uşbu futbolçi myunxenliklar jamoasida muvaffaqiyat bilan tibbiy körikdan ötgan va Germaniyaning amaldagi çempionlarining yangi futbolçisi sifatida taniştirilgan.
«Bavariya»ning tvitterida Rodriges klub futbolkasini tutib turgan surat joylangan, unda körinişiça futbolçi jamoada 11-raqamli futbolkani tutib turibdi.
11 iyul kuni «Bavariya» va «Real» uşbu 26 yoşli futbolçi ijarasi böyiça kelişuvga erişgani ma'lum bölgandi. Myunxen jamoasi ikki yil uçun 10 mln yevro tölaydi.
Bungaça «Bavariya»da 11-raqam Duglas Kostaniki edi, u ayni vaqtda «Yuventus»ga ijaraga berilgan.









