«Yuventus» himoyaçisi Leonardo Bonuççi «Milan»ga ötişga yaqin. Tribuna.uz yozişiça, 30 yoşli italiyalik futbolçi Milan klubiga ötişga rozilik bergan. Manba ma'lumotiga köra, uşbu futbolçiga milanliklar yetti million yevrolik maoş taklif qilişgan.
«Milan» «Keksa sinoralar» rahbariyatiga uşbu transfer böyiça sörov yöllaşgan. Milanliklar taklifiga köra Bonuççi uçun ikki himoyaçi – De Şilo va Romanoli beriladi yoki tovon puli tölanadi.
Bonuççi va «Yuventus» örtasidagi amaldagi şartnoma muddati 2021 yilgaça, futbolçi 2010 yildan buyon turinliklar şarafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u Italiya çempionati doirasida 29 uçraşuv ötkazdi va 3 gol urdi. U Çempionlar ligasida ham 11 öyinda maydonga tuşgan va bir golga muallif bölgan.
Qayd etiş kerakki, u yozgi transferlarda eng talabgir futbolçilardan biri bölib turibdi. Unga «Mançester Siti», «Real» va «Çelsi» klublaridan jiddiy qiziqişlar mavjud.









