Şimoliy Koreyaning şarqiy qirğoqlarida payşanbaga ötar keçasi 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda "Ryonxap" axborot agentligi AQŞ Geologiya xizmatiga asosan. Boşqa ma'lumotlarga köra, yer silkinişi magnitudasi 6 ga teng bölgan bölişi mumkin.
Zilzila markazi Xitoy bilan çegaradan unça uzoq bölmagan yerdagi Nason şahridan 193 kilometr masofada bölgan hamda 538 kilometrlik yer tubida joylaşgan, deyiladi xabarda.
Pentagondagilarning ma'lum qilişiça, zilzila KXDRdagi yadro sinovlari bilan boğliq emas.
Şimoliy Koreya qator raketalar uçirgani va Amerika-Janubiy Koreya harbiy maşqlari ötkazilişi tufayli, Janubi Koreyada Pxenyanning yangi – beşinçi yadro sinovidan jiddiy tarzda xavfsiraşmoqda.
















