«Sport» telekanali haqida şu vaqtga qadar kim yaxşi gap eşitgan? Savol, albatta, ritorik. Çunki eşitmagan gapimiz qolmagandir, ammo orasida yaxşilari juda kam. 

«Sport»ni nimalarda ayblaşmadi deysiz – olib berilmagan «Klasiko», translyatsiyasi qoldirilgan Oliy liga, yomon şarh, yomon tasvir, yomon ob-havo, töfon, bulut, böron... Xullas «Sport-TV»ni yomonlayman desangiz, gap qidirib uzoqqa boriş şart emas: şunday televizor murvatini burang, özi topilaveradi. Va bu tanqidlarning ba'zilari asosli ekanini ham tan oliş lozim.

Ammo keling, şu örinda masalaning boşqa tomoniga ham qarab qöyaylik. Tanqid, talab va toş otiş öz yöliga, ammo «Sport»ning yaxşi işlari ham ozmi-köpmi bölganini inkor eta olasizmi? Kimdir şunday vaqtda telekanalga rahmat aytganmi? Şartmi, deysizmi? Şart! Çunki yomon işlarni körib tanqid qilişni bilgan inson, rahmat aytişni ham bilişi lozim. Yoki bunday emasmi? Axir xolislik da'vo qilamiz-ku?!

Masalan, ötgan mavsumdan e'tiboran Italiya va Fransiya çempionatlari namoyişi boşlandi, biz «Milan derbi»sini töğridan-töğri efirda tomoşa qildik. Neça yillarki Özbekistonimizning turli yoşdagi terma jamoalari öyinini qoldirmay körib kelamiz. Mayli, bunisini ham qöya turing. Eslasangiz, yaqinda Konfederatsiyalar Kubogi bölib ötdi. Oçiliş öyinidan tortib finalgaça translyatsiya qilindi. Töğri, muammolar ham bölgandir, ammo amallaşdi. Kim uçun? Albatta biz — muxlislar uçun. Biz esa burnimizni jiyiribgina tomoşa qilib oldik. «Qaçongaça boşqalardan olib beradi», deb qöyganimiz ham bor gap. Rahmatimiz şu bölsa kerak-da.

Men bu gaplarni nimaga aytyapman? «Sport» şu vaqtga qadar qança tanqid qilingan bölsa, asos bölgan. Darhaqiqat telekanalda qiladigan işlar hali köp. Biroq amalga oşirilgan mehnatni ham birrov e'tirof etib qöyiş kerak-da, döstim. Men «Sport»ni 15 yildan buyon tomoşa qilaman. Rahmatli Davlat Turdaliyevning şarhlarini şu yerda eşitganman. Bu maskanda Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyev işlab ketdi. Hozir ular «Sport»da yöq, ammo işlagan vaqtda ham toşlarni köp va xöp otmaganmizmi?

Men hozir «Sport»ga rahmat aytmoqçiman. Minnatsiz, şunçaki rahmat. Yaxşimi yoki yomon, işqilib, jahon çempionatlarini şu kanalda tomoşa qilib kelaman — rahmat! Olimpiada, Osiyo öyinlari va boşqa yirik musobaqalarni ham «Sport»da kuzatganman, rahmat. Nasib qilsa, JÇ-2018ni ham birga tomoşa qilamiz va uning rahmatini ham aytişimga işonaman. Ammo bu hali hammasi emas. Bilasizmi, «Sport»ga eng katta minnatdorçilik nima uçun bildirilişi lozim? «UzReport» bilan raqobatlaşa olgani, kuçli beşlikka kiruvçi Italiya va Fransiya çempionati translyatsiyasini xarid qilgani va yana boşqa işlar uçun.

Çunki «UzReport»dan farqli ravişda «Sport» telekanali byudjyet hisobidan faoliyat yuritadi. Bu yerda hamma narsa hisob-kitobli, hammasining javobi bor. Beradigan qöl söraydi, oladigan qöl esa javob berişi lozim. Bilasizmi, yoki yöq, «Sport» telekanalidan birlamçi vazifa sifatida sportning barça turlarini yoritiş, tarğib qiliş va soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş talab qilinadi. Futbolni barçamiz yaxşi köramiz, ammo u qatori boşqa turlar ham nazardan çetda qolmasligi şart.