«Yuventus» himoyaçisi Leonardo Bonuççi yaqin orada «Milan» futbolçisiga aylanişi mumkin. Sky xabariga köra, «rossonerilar» futbolçining agenti Alessandro Luççi bilan muzokara olib bormoqda.
«Milan» futbolçi uçun 30 mln yevro berişga tayyor, biroq turinliklar uni 45 mln yevrodan kamiga qöyib yubormoqçi emas. Bu vaziyatda «Rossoneri» bitim doirasida himoyaçi Mattia De Şiloni qöşib berib, «Yuve»ni köndirişga harakat qilmoqda.
«Milan» futbolçiga 7 million yevro maoş va'da qilgan. Turinliklarning futbolçi bilan amaldagi şartnomasi 2021 yilgaça möljallangan.
Öz navbatida Alessandro Luççi Calciomercato bu borada «Milan»dan aniq taklif kelib tuşmaganini aytgan. 30 yoşli futbolçiga «Milan»dan taşqari «Çelsi», «Mançester Siti» va «Barselona»dan jiddiy qiziqişlar saqlanib turibdi.
«Ayni vaqtda bizda aniq ma'lumot yöq. Kutiş kerak», degan agent.
Taniqli insayder Janluka di Martsio esa Bonuççi bugunoq «Milan» futbolçisiga aylanişi haqida aytmoqda: «Leonardo Bonuççining «Milan»ga ötişi hal bölgan. Tomonlar transferning oxirgi jihatlarini, bonuslar masalasini hal qilişmoqda. Umuman olganda «rossonerilar» bu futbolçi uçun 40 million yevro sarflaşadi. Marko Fassone jamoa bilan Xitoyga uçmadi. U transferni rasmiylaştiriş uçun Milanda qoldi. Bonuççi bugunoq Milanda böladi».
Bonuççini «Yuventus»da nima qoniqtirmadi?

Buni ehtimol, heç qaçon aniq bilib bölmas. Ammo ötgan mavsum davomida miş-mişlar tarqalgandi - futbolçi murabbiy bilan ziddiyatda bölgan.
Undan ham «jiddiyroq» tarix haqida aytişadi. Matbuotda YeÇL finali vaqtida jiddiy janjal röy bergan. Agar Italiyadagi naşrlarga işonsak, bu mojaro iştirokçilari Bonuççi va Dibala bölişgan. Manbalar bu ikki futbolçi muammoni muştlari bilan hal qilişga urinişgani haqida aytişgan.
Vaqt ötib bu haqida unutişdi. Leonardo Bonuççi jamoa bilan yangi mavsumga tayyorlana boşladi, jamoa rahbariyati ham bu hodisaga alohida e'tibor qaratmadi.
12 iyul kuni esa Mediaset manbasida transfer haqida ilk xabar çiqdi, bir kun ötib yanada işonçliroq manba - Sky bu ma'lumotni tasdiqladi. Bu manbalarga işonilsa, Andrea Bertolaççi «Milan»dan «Jyenoa»ga ötadi, uning agenti Alessandro Luçi esa «rossoneri» rahbariyatiga boşqa mijozi Bonuççini sotib olişni taklif etgan.











