«Tottenhem» himoyaçisi Kayl Uoker faoliyatini «Mançester Siti»da davom ettiradi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga köra, klublar yangilik futbolçining transferi uçun 45 million funt va qöşimça bonus evaziga 5 million funt mablağga kelişişgan.

Uoker «Siti»ning yozgi transferlar vaqtidagi eng asosiy maqsadi edi. Ammo avvaliga klub futbolçini 40 million funtdan qimmatiga sotib olişni istamagan, Dani Alves transferi muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, ular yana Uoker variantiga töxtalişgandi.

Kayl Uolker «Tottenhem»ning mavsumoldi yiğinida qatnaşmayapti va kelişuv yakunlanişini kutmoqda. Agar bu transfer rasmiylaştirilsa, «Mançester Siti» «PSJ»ning 2014 yilgi rekordini takrorlaydi, öşanda parijliklar jamoasi 50 mln funt evaziga «Çelsi»dan David Luisni sotib olgan va braziliyalik futbolçi dunyodagi eng qimmatbaho himoyaçiga aylangandi.

2016/17 yilgi mavsumda Uolker APLda 33 öyinda maydonga tuşdi va 5 golga uzatma berdi.