Perudagi sud prokuratura iltimosiga köra mamlakat sobiq prezidenti Olyanta Umala va uning rafiqasi Nadin Erediyani 18 oylik suddan oldingi qamoqqa mahkum etdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uşbu hukmdan maqsad – sobiq davlat rahbari va sobiq birinçi xonimni mamlakatni tark etiş yoki tergov işiga aralişiş böyiça urinişining oldini olişdir.

2015 yilda Peru prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Olyanta Umalaning rafiqasi Nadin Erediani mablağlarni yuvişga aloqadorlikda gumonlab, tergov jarayonini boşlagandi.