Turkiya elchisi: O‘zbekiston FETÖ tahdidini o‘z vaqtida ko‘ra oldi, biz esa kech qoldik

Foto: "Kun"
13 iyul kuni Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida o‘tgan bir yil davomida Terroristik davlat to‘ntarishga bo‘lgan urinishga doir tafsilotlar, uning ortidagi kuchlar va harakatni amalga oshirgan Fethullahchi terror tashkilotiga (FETÖ) qarshi qilingan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmat Bashar Shen o‘z ma'ruzasi bilan so‘zga chiqdi.
2016 yilning 15 iyul kuni Turkiya Respublikasi birligiga tahdid solgan va bugungacha eng yirik bo‘lgan terrorchilik hujumi sodir etildi. Mazkur davlat to‘ntarishini amalga oshirishdan maqsad - prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga suiqasd uyushtirish, konstitutsion tuzum va parlament tizimini ag‘darish edi.
Elchining qayd etishicha, Turkiya xalqi, birlik-birodarlik va hamjihatlikda harakat qilib, 2016 yilning 15 iyulida sodir etilgan ulkan hujumni bartaraf etdi. Turklar og‘ir va tahlikali sharoitda o‘zining vatanparvarligi, kuchli irodasini isbotladi. Mamlakat bu og‘ir sinovdan muvaffaqiyat bilan o‘tdi.
Tadbir davomida "Anadolu" agentligi tomonidan tayyorlangan videolavha va fotosuratlar jamlanmasi namoyish etildi. Unda davlat to‘ntarishi haqidagi ma'lumotlar va voqealarni tasvirlovchi suratlar aks ettirilgan.
"Mazkur mash'um voqea oqibatida ko‘plab begunoh insonlar qurbon bo‘ldi. To‘ntarishga urinish vaqtida Turkiya Buyuk millat majlisi, Parlament, Prezident qarorgohi, Milliy xavfsizlik tashkiloti binolari bomba ostida qoldi. 249 kishi shahid bo‘ldi, 2000dan ortiq kishi jarohatlandi. FETÖ terror guruhining Turkiyadagi ta'sir kuchi deyarli yo‘q qilindi. Biroq u boshqa mamlakatlarda ham o‘z faoliyatini olib boradi. O‘zbekiston esa undan kelayotgan xavf-xatarni o‘z vaqtida anglab, mazkur faoliyatga chek qo‘ygani e'tirofga loyiq. Afsuski, biz tahdidni tushunib yetishga kech qoldik", - deya ta'kidladi Ahmat Bashar Shen.
Anjuman yakunida jurnalistlar savoliga javob berildi va har bir ishtirokchiga davlat to‘ntarishi vaqtida vayron qilingan Parlament binosidan qolgan tosh bo‘laklari xotira belgisi sifatida taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025