Yaponiyaning Honda avtomobilsozlik kompaniyasi dunyo böylab 2,1 mlnga yaqin avtomobilini qaytarib oladi. Bunga maşinalar akkumulyatorlarining sensorlaridagi nuqsonlar tufayli yonğin kelib çiqiş ehtimoli sabab qilib körsatilmoqda. 

Kompaniya rasmiy vakili Kris Martinning aytişiça, 2,1 maln avtomobildan 1,15 mln donasi 2013-2016 yillarda işlab çiqarilgan Honda Accord modeli bölib AQŞdan qaytarib olinadi. Qolgan 1 mlnga yaqini dunyoning boşqa joylarida sotilgan avtomobillar bölib, ularning barçasida 12 voltli batareya sensorlari almaştiriladi. 

Kompaniyaga köra, unga motor qismida bexosdan yonğin çiqişi bilan boğliq 4ta holat böyiça AQŞda murojaat bölgan. Yana bitta holat Kanadada röy bergan. Bu voqealar oqibatida jabrlanganlar yöq.