Peru sobiq prezidenti Olyanta Umala 14 iyul kuni mamlakat poytaxti çetidagi Ate şaharçasida joylaşgan Barbadilo qamoqxonasiga keltirilgan. Mahalliy RPP radiostansiyasi xabar qilişiça, sobiq davlat rahbari aynan şu qamoqxonada 18 oy umrini ötkazadi. Bundan avval Peru sudi pullarni noqonuniy ötkaziş va jinoiy guruhni taşkil etişga doir iş yuzasidan uni qamoqqa olişga order bergan edi. 

Xabar qilinişiça, uşbu qamoqxonada Peruning boşqa bir sobiq rahbari Alberto Fuximori ham jazo muddatini ötamoqda. 1990-2000 yillarda mamlakatni boşqargan siyosatçi 2009 yil aprelida inson huquqlarini buzganlikda aybdor deb topilib, 25 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. 

Bundan bir neça kun avval, mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Fuximori jazoni ötayotgan qamoqxona suratlari paydo böldi. Gap 800 kv.m. maydon haqida bormoqda. Uning içida bir neça xonali kvartiraga öxşaş "kamera" va siyosatçining sayr qilişi uçun kökalamzorlaştirilgan hududlar haqida bormoqda.

Sobiq prezident saqlanayotgan qamoqxona fotosuratlari köplab peruliklarning ğazabiga sabab bölgan. Ularning fikriça, Fuximori bunday şaroitda jazoni ötamasligi kerak. 

12 iyul kuni sudya Riçard Konsepson Karuanço sobiq davlat rahbari Olyanta Umala va uning rafiqasi Nadin Erediani hibsga olişga order berdi. U pullarni noqonuniy ötkaziş va jinoiy guruh taşkil etiş böyiça sud majlisida şunday qaror qilgan. Şunga köra, gumonlanuvçilar 18 oy mobaynida qamoqda saqlanadi. Ularga şu muddat içida hukm öqiladi.