Rossiya federatsiyasining Turkiya jumhuriyatidagi yangi elçisi Aleksey Yerxov xizmat vazifasini ötaş uçun Anqaraga yetib keldi. U mamlakat parlamentida davlat töntarişi urinişiga bir yil tölişi munosabati bilan taşkil etiladigan maxsus yiğilişda qatnaşadi. Bu haqda RFning Turkiyadagi elçixonasi press-attaşesi Aleksandr Leşukov RIA Novostiga ma'lum qilgan.
Joriy yil iyun oyida RF prezidenti Vladimir Putin Yerxovni Rossiyaning Turkiyadagi elçisi etib tayinlagan edi. Yerxov avvalroq Misrdagi elçixonada işlagan, keyinroq Rossiyaning Istanbuldagi boş konsuli lavozimida faoliyat yuritgan.
"Rossiyaning yangi elçisi Aleksey Yerxov bugun Anqaraga uçib keldi. Aeroportda uni Turkiya TIV Hujjatlar departamenti direktori Şavqi Mutavalliöğli kutib olgan. Işonç yorliqlarining nusxalari duşanba kuni topşiriladi", — degan agentlik suhbatdoşi.
Uning qöşimça qilişiça, işonç yorliqlari topşirilmaganiga qaramay, Yerxov Turkiya parlamenti raisi Ibrohim Qahramonning maxsus taklifiga binoan mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan kelişilgan holda parlamentning maxsus yiğilişida qatnaşadi.
Eslatib ötamiz, Rossiyaning Turkiyadagi avvalgi elçisi Andrey Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi körgazma oçilişida otib öldirilgan edi. Jinoyatçi bir neça marta elçining orqasidan öq uzgan, jarohatlar uning ölimiga sabab bölgan. Politsiya amaliyotida qotil ham öldirilgan edi.












