Moskvaning «Spartak» jamoasi Rossiya poytaxtining yana bir jamoasi «Lokomotiv» bilan Rossiya Superkubogi uçun öyinda ğalaba qozondi. Uçraşuv «Lokomotiv» stadionida bölib ötdi va 2:1 hisobida yakunlandi.

Öyinning asosiy vaqtida jamoalarning heç biri gol ura olmadi. Qöşimça vaqtning 101-daqiqasida Lorenso Melgarexo markazdan Luis Adrianoga aniq uzatmani amalga oşirdi. U himoyaçini tanasi bilan tösib, Marinato Gilerme bilan yakkama-yakka çiqdi va yaqin burçakni aniq nişonga oldi. 113-daqiqada Kvinsi Promes çap qanotda töpni egallab olib Vladislav Ignatevdan özib ketdi hamda yaqin burçakka töpni joylab qöydi. Oradan 3 daqiqa ötgaç, temir yölçilar vakili Manuel Fernandeş jarima töpini golga aylantirdi. Biroq, «Lokomotiv» hisobni tenglaştirişga ulgurmadi. 

Şunday qilib, «Spartak» öz tarixida birinçi marta Rossiya Superkubogini yutib oldi. Bungaça ular 3 marotaba mağlub bölişgan. «Lokomotiv» esa bu sovrinni ikki marta yutgan. Olti marta Superkubok sohibi bölgan TsSKA bu borada öziga xos rekordçi hisoblanadi.


 
Öyindan söng, «Lokomotiv» boş murabbiyi Yuriy Syomin hakamlardan noroziligini bildirdi. 

Uning fikriça, uçraşuv boş hakami Vladislav Bezborodov qizil-oqlar hujumçisi Luis Adrianoga ikkinçi sariq kartoçkani körsatib, öyindan çetlaştirişi lozim edi. 

«Öylaşimça, Birinçi kanal bugungi öyinni namoyiş etib töğri qildi. Öyin juda qiziq böldi. Öyinçilarga taşakkur bildiraman, ular bor kuçi bilan öynaşdi va yaxşi futbol namoyiş qilişdi.
 
Öying teng kuçlar ostida ötdi. Biroq, bizga videotakrorlar kerak, deb öylayman. Hakam Luis Adrianoga ikkinçi sariq körsatib, uni maydondan çetlatişi kerak edi. Hakam öyinni buzdi! — deya Syomin sözlarini keltiradi «Çempionat» naşri.

«Spartak» boş murabbiyi Massimo Karrera esa umuman boşqa fikrda. Karreraning ta'kidlaşiça, uning şogirdlari munosib ravişda Rossiya Superkubogi qölga kiritgan. 

«Biz ular şunday öyin namoyiş etişini bilgandik. Biz yaxşi jamoaga qarşi yaxşi öyin ötkazdik. Oson bölmasligini ham bilardik. Köp narsadan könglim tölamagan bölsa, ayrimlar jihatlar ajoyib böldi. 

Albatta, jismoniy tayyorgarlik yuqori darajada emas. Çunki, bu mavsum boşlanişi. Ammo, men öz jamoam uçun xursandman, çunki ular haqli ravişda ğalaba qozonişdi. Mana şu asosiysi», — degan italiyalik mutaxassis.