Germaniyaning «Bavariya» jamoasi Telekom Kubogi örtoqlik musobaqasi finalida «Verder»ni 2:0 hisobida mağlub etib boş sovrinni qölga kiritdi. Uçraşuv Myonxengladbaxdagi «Borussiya-Park» stadionida bölib ötdi.
Tomas Myuller va Xuan Bernat gollarga mualliflik qildi. 37-daqiqada Myuller penaltini ura olmadi. Myunxen jamoasi tarkibida maydonga ilk marotaba kolumbiyalik yarim himoyaçi Xames Rodriges tuşdi. U şu yil yozda «Real»dan ijara asosda uşbu jamoaga ötgan edi.
Turnirning uçinçi örni uçun öyinda Myonxengladbax «Borussiya»si «Xoffenxaym»ga penaltilar seriyasida 5-6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uşbu musobaqa öyinlari bir taymdan ötkaziladi. Asosiy vaqtda durang qayd etilsa, penaltilar seriyasi belgilanadi.








