AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning jamoasi keyingi 3 oy içida «yuridik maslahatlar» uçun 700 ming dollar sarflab yubordi. Bu haqda Politico xabar tarqatgan.
Aprel oyidan iyungaça Tramp jamoasi yuristlarga 677,8 ming dollar sarflagan. Birinçi çorakda bu miqdor 250 ming dollardan ortiq bölmagandi.
Ikkinçi çorakda esa Donald Trampning öğli manfaatlarini himoya qiluvçi advokat Alan Futerfasning öziga 50 ming dollar sarflangan.
The New York Times gazetasi Trapmning öğli rossiyalik advokat Natalya Veselnitskaya bilan uçraşgani haqida xabar tarqatganidan söng uşbu ötkazma amalga oşirilgan.
Qayd etilişiça, Tramp saylovoldi kampaniyasi boşlaganidan buyon 4,5 mln dollardan ortiq mablağni advokatlar xizmatlari uçun sarflagan.
Bu mablağlar Tramp keyingi saylovoldi kampaniyasi uçun töplagan jamğarmadan ajratilmoqda.








