«Zenit» Rossiya çempionatining ilk turida «SKA-Xabarovsk» klubiga qarşi öynadi. Xabarovskdagi Vladimir Lenin nomidagi stadionda keçgan uçraşuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi ğalabaga erişdi. Bu piterliklar jamoasining Roberto Mançini rahbarligidagi ilk rasmiy uçraşuvi va ilk ğalaba böldi.
Ikkinçi bölim boşida jamoa debyutanti Daler Kuzyayev raqib jarima maydoni hududida Oleg Şatovdan töpni qabul qilib oldi va uni osonlik bilan darvoza töriga joyladi.
81-daqiqada Sebastyan Driussi va Leandro Paredes özaro töp oşirişib, Şatovni oldinga çiqarişdi, çap qanotda yugurgan futbolçi darvoza tösini ostiga töp uzatdi va Aleksandr Kokorin qiyinçiliksiz darvozani işğol etdi.
Ikkinçi turda «Zenit» «Rubin»ni qabul qiladi (22 iyul), «SKA-Xabarovsk» esa safarda Tulaning «Arsenal» klubiga qarşi öynaydi (24 iyul).
15 iyul kuni birinçi tur doirasida TsSKA «Anji»ni 3:1 hisobida mağlub etgandi, «Ural» esa «Rostov» qarşi öyinda durang öynadi (1:1).
Bugun şuningdek, «Dinamo»-«Spartak», «Lokomotiv»-«Arsenal», «Rubin»-«Krasnodar» uçraşuvlari ötkaziladi.
Rossiya çempionati
1-tur
SKA Xabarovsk – Zenit 0:2
Gollar: 0:1 – 52 Kuzyayev, 0:2 – 81 Kokorin.
SKA Xabarovsk – Dovbnya, Grişko, Putsko, Ediyev, Çerevko (Saviçev, 74), Balyaykin (Druzin, 90), Dedeçko, Nikiforov, Kazankov (Fedotov, 85), Koryan, Leskano.
Zenit – Lunev, Netu, Krişito, Ivanoviç, Smolnikov, Paredes, Juliano (Driussi, 74), Yeroxin (Kuzyayev, 46), Şatov (Ernani, 90), Dzyuba, Kokorin.
Ogohlantirişlar: Yeroxin (30), Smolnikov (40), Kazankov (42), Kokorin (67), Kuzyayev (85).












