Italiyada «Yuventus»ning asosiy himoyaçilaridan biri Leonardo Bonuççi Turinni tark etib, «Milan» safiga qöşilgani sabablari muhokama qilinmoqda.
La Stampa naşri Yevropa çempionlar ligasi finalida röy bergan voqea haqida insayderlik xabarini tarqatdi. Unga köra, final uçraşuvi tanaffusi vaqtida «Yuventus» kiyim almaştiriş xonasida mojaro röy bergan.
Xabarda aytilişiça, birinçi bölimdan keyin (1:1) tanaffus vaqtida Dani Alves jamoadoşi Paulo Dibaladan ğazablangan, uni jon kuydirib öynamayotganlikda, bosim ötkazmaslikda va sariq kartoçkadan söng öyinni taşlab qöyganlikda ayblagan.
Şu vaqtda xonaga jamoa boş murabbiyi Massimiliano Allegri kirib kelib, Dibalani himoya qilgan va Alvesdan özini bosib olişni söragan.
Leonardo Bonuççi esa Alvesning fikriga qöşilgan. Dibala kulimsirab, özini e'tirozlarga beparvo tutadi. Bonuççi bundan ğazablanib, Dibalaning tomoğidan uşlaydi va uni burçak itarib yuboradi.
Şunda örtaga Andrea Barzali tuşib, Alves hamda Bonuççidan tinçlanişni söraydi.
Bonuççi esa Barzalining özini ham ayblaşga tuşadi, unga bu jamoadoşi birinçi bölimda Marseloni bir neça marta ötkazib yuborgani yoqmagandi.
Öz navbatida Barzali ham jim turmaydi va birinçi gol Bonuççining xatosidan kelib çiqqanini uning yuziga soladi va futbolçilar muştlaşib ketişiga bir baxya qoladi. Allegri bir amallab muştlaşuvning oldini oladi.
«Bu jamoa bilan boşqa öynamayman. Endi mensiz davom etadi». Bu Bonuççining ikkinçi bölimga çiqiş oldidagi fikrlari edi. «Yuventus» keyin heç narsa qila olmadi va «Real» raqib darvozasini 3 marta işğol qilib, turnir ğolibiga aylandi.
Bu hodisada yana bir vaziyat bölgan. Unga köra, öyindan oldin Allegri Alvesdan YeÇLning bir neça bor ğolibi sifatida iştiyoq uyğotuvçi nutq sözlaşni söragan. Braziliyalik futbolçi sözini boşlaganida Dibala uni tinglamay, telefonini öynab, musiqa tinglab ötgan. Braziliyalik futbolçi buning uçun uni qattiq jazolagan: telefonini tortib olib, devorga otib sindirgan.
Yakunda turinliklar jamoasi ikki futbolçisidan qutulişga töğri kelgan. Avvalroq 35 yoşli Alves erkin agent maqomida Parijga yöl olgandi.
Bonuççining transferidan esa turinliklar 40 million yevroga yaqin mablağ işlab olişdi.











