Özbekistonda turistlar uçun Khiva Audio Tour mobil ilovasi işlab çiqildi. 

Khiva Audio Tour mobil ilovasi muallifi yoş dasturçi Rasulbek Abdurasulov bölib, mazkur ilovani hozirda “Android” tizimidagi smartfonlar va planşetlar uçun “Play Market” mobil ilovasidan va “IOS” tizimidagi smarfon hamda planşetlar uçun “App Store” mobil ilovalaridan yuklab oliş imkoniyati mavjud. Mazkur mobil ilovada “Içan qal'a” majmuasidagi barça tarixiy obektlar haqida ma'lumotlar jamlangan. Ma'lumotlarni audio şaklda eşitiş va undan taşqari, matn şaklida ham oliş mumkin. Ilovaga obektlarning suratlari ham joylaştirilgan. 

Khiva Audio Tour GPS navigator tizimiga ulangan. Mobil ilova avtomatik ravişda tarixiy obektlarni aniqlaydi va ma'lumotlarni taqdim qiladi, ya'ni, “Içan qal'a” majmuasidagi ma'lum bir tarixiy obektga yaqinlaşganda GPS navigator tizimi orqali obektni tanib oladi va ma'lumotlar audio şaklida yangray boşlaydi.

Khiva Audio Tour mobil ilovasi joriy yilning mart oyida işga tuşdi. Mobil ilova ingliz va rus tillarida yaratilgan bölib, hozirda mazkur mobil ilovani fransuz tilida yaratiş böyiça işlar olib borilmoqda.