Iordaniya sudi harbiy bazaning yonida otishma sodir etishda ayblanayotgan harbiy xizmatchini umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum etdi. Hodisa oqibatida uch nafar amerikalik yo‘riqchi halok bo‘lgandi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, harbiy xizmatchi qattiq rejimdagi koloniyada jazo muddatini o‘taydi.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, sudlanuvchi avvalroq o‘z aybini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bazaga hujum qilingan, deb o‘ylab o‘t ochgan.

Hodisa 2016 yilning noyabr oyi boshida Iordaniyadagi Al-Jafr aholi punktidagi harbiy bazada ro‘y bergan.