AQŞ Federal qidiruvlar byurosi xaridorlarni “aqlli” öyinçoqlardan foydalaniş xavfi haqida ogohlantirdi, deyiladi mahkama saytida.

FQBdan aniqlik kiritilişiça, internetga ulanişi mumkin bölgan öyinçoqlar xaridorlarga xavf tuğdirişi mumkin.

“Bolalarga möljallangan “aqlli” öyinçoqlar va köngiloçar qurilmalar öz xatti-harakatini foydalanuvçi bilan özaro aloqa asosida qurişga intilmoqda”, - deya ta'kidlab ötişgan mahkamadan.

FQB ma'lumotlariga köra, bunday öyinçoqlarda sensorlar, mikrofonlar, kameralar, GPS modullari bor bölib, ular xaridorlar nutqini tanib oliş hamda ularning harakatlanişini kuzatib boriş imkonini beradi.

Federal qidiruvlar byurosi öz bayonotida xaridorlarni öyinçoqni xarid qilişdan avval qurilma tomonidan ehtimoliy barça bahsli harakatlar uçun yaxşilab tekşiruvdan ötkazişga çaqirgan.