Yilning dastlabki olti oyida Lego butun dunyo böyiça 24 ta yangi dökon oçdi. Gullar va xona ösimliklarining öyinçoq şakllari hamda Formula-1 miniatyura avtomobillari Lego daromadini yilning birinçi yarmida 12 foizga oşirişga yordam berdi.
“Bu tariximizdagi eng yaxşi birinçi yarim yillik natija. Daromadda rekord, operatsion foydada rekord, sof foydada rekord… Juda xursandmiz”, – dedi Lego boş direktori Nils Kristiansen CNBS'ga bergan intervyusida.
Lego mahsulotlar assortimentini muntazam kengaytirmoqda: oxirgi vaqtlarda uy dekoratsiyasi uçun töplamlar va devoriy rasm mozaikalari ham paydo böldi. Kompaniya yangi litsenziya hamkorlarini topdi va “Bluey” bolalar animatsion seriali hamda “One Piece” animesi asosida töplamlarni taqdim etdi.
Keyingi yirik qadam – Pokemon bilan köp yillik hamkorlik bölib, uning natijasi 2026-yilda dökonlarga çiqişi rejalaştirilgan.











