«Bavariya» jamoasi boş murabbiyi Karlo Ançelotti Xames Rodrigesning «Real»dan transfer qilinganiga munosabatini bildirib ötdi.

Uşbu italiyalik mutaxassisga jurnalistlardan biri kolumbiyalik futbolçi Tomas Myuller örniga taklif etilgani haqidagi gaplarga izoh sörab murojaat qilgan.

«Albatta, biz Xamesni Myuller örniga taklif etganimiz yöq. Agar siz şunday hisoblayotgan bölsangiz, uni Tyago örniga kelgan deb öylaşingiz ham mumkin, bu ikki futbolçining ampluasi bir xil - maydon markazi. Xames öng qanotda ham, çap qanotda ham öynay oladi, demak u Robben yoki Riberi örniga kelgan bölişi ham mumkin.

Biz Xamesni u kimnidir almaştirişi uçun emas, jamoani töldirişi uçun olib keldik. U yaxşi futbolçi, öylaymanki, uning bizga yordami tegadi. Xames faqat munosib işlasa, maydonga tuşirilişi haqida biladi, agar yaxşi mehnat qilmasa, uning joyi zaxira örindiğida böladi. Heç kimga asosiy tarkibda joy kafolatlanmagan», — deya Ançelottining sözlarini keltirgan Daily Mail.

«Bavariya» uşbu futbolçini ikki yilga «Real»dan ijaraga oldi, uning ijarasi uçun 10 million yevro tölanadi.