Botir Oçilov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2016 yil 3 iyul kuni taxminan soat 14:30da “döstlar”i Furqat Ibrohimov, Davron Tohirov, D.Zaripov hamda Dilşod Kamolov bilan özaro kelişib, avtomaşina öğirlaşni maqsad qiladi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Şundan keyin Mirobod tumani A.Fitrat köçasidagi uylarning birida yaşovçi Muzaffar Alimovga hujum qilib, unga oğir tan jarohati yetkazişadi. Söng uni özi boşqargan, ammo Avazbek Sunnatullayev nomiga rasmiylaştirilgan "Lasetti" rusumli avtomaşinaning orqa örindiğiga ötkazib, özi bilan birga olib qoçişadi.
“Zöravon”lar maşinani Yaşnobod tumanida joylaşgan “Mirzo ota” qabristoni oldiga olib borişadi. U yerda Muzaffarning fuqarolik pasporti nusxasiga Botir tomonidan ötkazilgan tazyiqlar ostida D.Zaripovdan 2016 yil 3 iyul kuni 5 ming AQŞ dollari olganligini, garov sifatida esa “Lasetti” rusumli avtomaşinasini berayotganligini, pulni 2016 yil 5 iyul kuni qaytarib berişi töğrisida majburan tilxat yozdirib olişadi.
Körilgan çora-tadbirlar natijasida, şu kuni “Lasetti” rusumli avtomaşina Yaşnobod tumanida joylaşgan “Yangiobod” masjidi oldidan topiladi.
Sud tibbiy ekspertizasining 2016 yil 26 iyuldagi xulosasiga köra, M.Alimov örtaça oğir tan jarohati olgan ekan.
Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining hukmi bilan B.Oçilov, F.Ibrohimov, D.Tohirov, D.Zaripov hamda D.Kamolov tegişli javobgarlikka tortildi.












