Toşkent şahar IIBB YHXB Mirobod tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 17 mart kuni soat 20:25 larda Mirobod tumani Boyovut köçasida 33 yoşli O.T. Lacetti rusumli avtomaşinasini boşqarib kelayotib, Abdurauf Fitrat MFY hududidan oqib ötuvçi Qorasuv kanaliga tuşib ketgan. Yöl-transport hodisasi haydovçi boşqaruvni yöqotişi natijasida kelib çiqqan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yöq.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Avvalroq Yangiyölda Gentra simyoğoçga borib urilgani töğrisida xabar berilgandi.