«Real»dan «Çelsi»ga transfer bölayotgan Alvaro Morata öz hissiyotlarini bildirib ötdi. Ayni vaqtda u Londonga yangi jamoasi bilan şartnoma imzolaş uçun yöl olgan.

«Men juda baxtiyorman, tez orada «Çelsi» a'zosiga aylanaman. Bu klub hamişa mening öyinlarimni kuzatib kelgandi. Men Madriddan ketayotganimdan afsuslanmayman, bu yerda 4 sovrin qölga kiritdim. Endi «Çelsi» futbolkasini kiyaman va faqat şu jamoa haqida öylaşim kerak böladi», —deya Morataning sözlarini keltirgan Marca.

U nega aynan London klubi taklifini qabul qilgani haqida ham aytib ötgan.

«Men özimga hammadan köproq işonç bildirgan murabbiy boşqaruvidagi jamoani tanladim. Bu men uçun juda muhim. Men Konte bilan barçasini gaplaşib olganman», — degan Morata.

Uşbu hujumçi 80 mln yevro evaziga transfer bölmoqda. Endilikda u futbol tarixidagi eng qimmatbaho ispaniyalik futbolçiga aylanadi. Bungaça bu maqom Fernando Torresga tegişli edi, u 2011 yili «Çelsi»ga «Liverpul»dan 58 million yevro evaziga kelib qöşilgandi.

Morata yangi klubida yiliga 9 million yevro miqdorida maoş oladi.

Bu futbolçi avvaliga «Mançester Yunayted»ga ötişi kutilgandi, ammo inglizlar klubi Romelu Lukakuni tanladi. Köp ötmasdan Morataga «Milan» asosiy da'vogarga aylandi, ammo kutilmaganda «Çelsi» uni «ilib ketdi».

Ötgan mavsumda uşbu 24 yoşli futbolçi «Real»ning Primeradagi 26 uçraşuvida (şundan 14tasi — boşlanğiç tarkib), 15 gol urgan va 4 golga pas bergan.