Kuni keça Toşkentdagi milliy matbuot markazida Ğofur Ğulom nomidagi naşriyot matbaa ijodiy uyi tomonidan naşr etilgan ikki nodir xazina - qadim arab tilini örganişda noyob manba "Al-Qomus" nomli arabça-özbekça qomusiy luğat hamda turkiy tilşunoslikning tengi yöq namunasi "Devonu luğati turk" kitoblarining taqdimoti bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz’ga arabşunos-şarqşunos mutaxassis Yorqin Şukurov ma'lum qilmoqda.

Özbekistonda muqaddas dinimiz şaffofligini yanada mustahkamlaş, buyuk allomalarimiz Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Mahmud az-Zamaxşariy kabi köplab ajdodlarimizning boy ma'naviy merosini örganiş va tadqiq etiş borasida ulkan va samarali işlar amalga oşirilmokda. Bu borada naşrdan çiqqan  "Al-Qomus" arabça-özbekça qomusiy luğati ayni muddao böldi.

Mazkur 4 jilddan iborat  qomusiy luğat akademik, professor Qohira arab tili akademiyasi a'zosi Ne'matulloh Ibrohimov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan tuzilgan bölib, 100 mingdan ortiq söz va iboralarni öz içiga olgan. Luğatning ahamiyatli tomoni şundaki, unda arab tilining bugungi sözlaşuv hayotida faollaşib borayotgan sözlar bilan bir qatorda, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas şaklda rivojlanib borayotgan texnologiyaning eng yangi atamalarini, şuningdek, arab klassik adabiyotiga oid söz va iboralar, ayniqsa, muqaddas dinimizning asosiy manbai bölgan Qur'oni Karim oyatlariga oid sözlarning özbek tilidagi ma'nolari keng yoritib berilgan. Mualliflar arabça sözlarning özbekça tarjimasini beriş bilan kifoyalanmasdan, har bir söz, uning har bir ma'nosi yanada tuşunarli bölişi uçun asl arabça manbalardan misollar keltirganlar.

Tadbirda Misr Arab Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi doktor Ammaniy Al-Etr janobi oliyalari ham söz olib, Özbekiston va Misr xalqlari örtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada kengaytiriş sohasida amalga oşirilayotgan işlarning tahsinga loyiqligini, ayniqsa, naşr etilgan mazkur komusiy luğat aynan misrlik olimlar tomonidan katta qiziqiş bilan qarşi olinişini, şuningdek, uning mualliflari mazkur luğatni tayyorlaşda  Qohira, Ayn Şams universiteti professorlari bilan olib borgan ijodiy ilmiy hamkorliklarining nufuzini alohida ta'kidladi.