Nega göştning narxi sezilarli darajada oşdi? Qoramollar soni kamayib ketdimi? Yoki göştning çetga eksport qilinayotgani uzilişlarni yuzaga keltirdimi? Çorva yetiştiriş, ularni turli yuqumli kasalliklardan ­asraş, aholining göşt va göşt mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş yuzasidan qanday çora-tadbirlar ­körilmoqda?

Sönggi uç oyda respublikamizda zarur oziq-ovqat mahsulotlari sirasiga kiruvçi göştning qimmatlagani oddiy odamlarni taşvişga soldi, turmuş sifatiga ta'sir körsatdi. Ayrimlar buni çorva mollarining kamayib borayotgani, qoramol yetiştiriş xarajatlari oşib ketgani bilan izohlasa, boşqalar göştning çet elga eksport qilinayotgani narxlar oşişiga sabab bölganini ta'kidlamoqda.  Xöş, bunday miş-mişlar asoslimi? Aslida, nima sababdan göştning narxi sezilarli darajada oşib ketdi? Çorva yetiştiriş, ularni turli yuqumli kasalliklardan asraş, aholining göşt va göşt mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş yuzasidan qanday çora-tadbirlar körilmoqda? Ötkazilgan jurnalistik suriştiruv davomida ana şu kabi savollarga javob topişga harakat qildik.

Bir yilda qança göşt yeymiz?

Avvalo, respublikamiz bozorlari va savdo dökonlaridagi göştning ayni kundagi narxlarini soliştiramiz. Namangan şahrida fevral oyida 23 ming söm sotilgan suyakli göşt bugun 29 ming sömdan, Samarqand şahrida 24 ming sotilgan huddi şunday göşt 30 ming sömdan, Marğilon şahrida bundan uç oy oldin 23 ming söm bölgan göşt ayni kunda 29 ming sömdan taklif qilinmoqda. Toşkent şahrida esa fevralda aholi eng köp xarid qiladigan göştning sarpanja turi örtaça 25 ming söm bölgan bölsa, bugun uni 33 ming sömgaça xarid qiliş mumkin.

Şaharlarda joylaşgan yirik savdo majmualari va supermarketlardagi narxlar yanada qimmat. Jumladan, Farğona şahridagi Makro supermarketida suyaksiz mol göşti 39,900 sömgaça, Marğilon şahridagi filialida 41 ming sömgaça, Samarqand şahridagi «Omega sentr» savdo markazida 37 ming sömdan sotilmoqda. Poytaxtimizda  joylaşgan Makro supermarketlari tarmoğida bir kilogramm lahm göşti bundan uç oy ilgari turiga qarab 33-37 ming sömdan sotilgan bölsa, hozirgi kunda 45-55 ming sömgaça sotilmoqda.

Bundan mamlakatimiz bozorlaridagi göşt narxi keyingi uç oy içida örtaça 21 foizdan 25 foizgaça, supermarketlarda 28 foizdan 70 foizgaça oşgani körinadi. Bu aholining xarid quvvatiga (eng kam iş haqi miqdori 149 ming ekani hisobga olinsa) nisbatan ança qimmat sanaladi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlarida odam bir yilda örtaça 55 kilogrammgaça göşt iste'mol qilişi lozimligi tavsiya etiladi. Ekspertlarning taxminiga köra,