Toşkent viloyati hokimiga yangi örinbosar lavozimi joriy etildi.
Şavkat Mirziyoyev Töytepada viloyat faollari bilan ötkazilgan yiğilişda viloyatda kommunal sohadagi kamçiliklarni keltirib ötdi va bu muammolarni bartaraf etiş maqsadida viloyat hokimiga Kommunal soha bilan şuğullanadigan örinbosar tayinlaş taklifini berdi.
«Kun.uz» manbasi xabar qilişiça, bu lavozimga polkovnik Qobil Hamdamov tayinlangan. Bungaça u Mudofaa vazirining örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Ma'lumot uçun, Toşkent viloyati hokimi Şukrullo Boboyevning şu vaqtgaça 6 örinbosari bor bölib, ular: Tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosar Maxmud Abdurahmonov, Sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Usmon Rahimov, Qişloq va suv xöjalik masalalari böyiça örinbosar (vakant), Yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosar Bahodir Ahmedov, Jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça örinbosar Alimardon Qarşiyev hamda Xotin qizlar qömitasi raisi, hokim örinbosari Sayyora Fayziyeva.








