Bugun Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatida olib boriladigan quriliş işlari bilan tanişdi. Viloyat hokimligi markaziga aylangan Töytepa şahrida katta quriliş işlari olib boriladi.
«Axborot» dasturida ma'lum qilişiça, janubiy koreyalik arxitektorlar loyihasi böyiça quriladi.
Loyihaga köra bu yerda smart şahar paydo böladi.
«Uşbu loyihada yangi texnologiyalardan foydalanilgan, şaharning ekologik tizimi hisobga olingan. Şuningdek, Özbekistonning milliy qadriyatlari ham nazarda tutilgan.
Har bir qurilayotgan yangi şaharda mavjud bölişi kerak bölgan yangilik kiritildi. Hozirda dunyoning köplab mamlakatlarida eko yoki smart şaharlar paydo bölmoqda. Bu şahar Özbekistondagi ilk şunday şahar böladi.
Şaharda köplab yirik ma'muriy binolar bilan birga ekologik boğlar, odamlarning dam olişi uçun qulayliklar yaratiladi. Xorijlik sayyohlar taşrifi imkoniyatlari ham nazarda tutiladi», deya ma'lumot bergan loyiha mualliflaridan biri bölgan koreyalik mutaxassis.

«Kun» manbasi bergan ma'lumotga köra, uşbu loyiha uçun katta sarmoya jalb etiladi, şahar qurilişi uçun jami 2 milliard dollar sarflanadi.
Şu yil yanvarida prezident Toşkent viloyati ma'muriyatini Töytepa şahriga köçirgandi.
Ma'lumot uçun, 1973 yilda şahar maqomini olgan Töytepada 29 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. U Töytepa temir yöl bekatidan 4 km uzoqlikda, Toşkent-Qöqon avtoyöli yonida, Toşkent şahridan 25 km janubda joylaşgan.
Bundan taşqari, Toşkent tumani qayta tiklanadi. Bunga Zangiota tumani hududi kengayib ketgani sabab sifatida keltirilgan.











