
Samarqand şahridagi “Darğom” kanali yonidan noma'lum erkak kişining boşida jarohatlari bilan jasadi topildi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Suriştiruv işlari natijasida jasadning şaxsi aniqlandi. Marxum Urgut tumanida yaşagan K.B bölib çiqdi. Unga tegişli “NEXIA” rusumli avtomaşina esa Samarqand şahrining Amir Temur köçasidan eşiklari qulflangan holda topilib, közdan keçiriş jarayonida avtomaşinaning ba'zi joylarida qon doğlari borligi aniqlandi.
Jinoyatni foş etişga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida marxum K.B. jazmani L.N.ning uyiga kelib, raşk oqibatida unga tan jarohati yetkazganligi, L.N. mahalla raisiga K.B.ni tartibga çaqirib qöyişni söraganligi va şu kuni tungi soat önlarda mahalla raisi L.D.ning uyiga kelib, K.B.ni uxlab yotganligidan foydalanib, boşiga bolta bilan urib öldirganligi ma'lum böldi. Şundan söng L.N. va mahalla raisi jinoyatni yaşiriş uçun jasadni “Darğom” kanaliga olib borib taşlaydilar.
Holat yuzasidan mahalla raisi va L.N.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.











