2017 yil 16 iyul kuni Boyovut tumani IIBga Boyovut tumani, Navröz MFY, Boğiston köçasida yaşovçi, Xolmurod Amanov (ism-familiyalar özgartirilgan) murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Sirdaryo viloyati IIB.
Amanov öz arizasida 2017 yil 02 iyuldan 03 iyulga ötar keçasi noma'lum şaxs uyiga heç kim yöqligidan foydalanib kirib, yotoqxonasidagi javondan 1 dona narxi 1.650.000 sömlik tilla nikoh uzugini, 1 dona narxi 900.000 sömlik tilla nikoh uzugini, 1 dona narxi 900.000 sömlik qora közli tilla uzugini, 1 dona narxi 1.200.000 sömlik oq közli tilla uzugini va narxi 2.100.000 sömlik tilla zanjirini öğirlab, jami 6.750.000 söm miqdorida moddiy zarar yetkazganligini ma'lum qilgan.
Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida mazkur jinoyatni arizaçining jiyani Madina Salimova sodir etilganligi aniqlanib, daliliy aşyolar olingan.











