Upgrade ayollar markazining «Ota va qiz» loyihasi doirasida ötkazilgan uçraşuvga taklif qilingan tadbirkor Hikmat Abdurahmonov öz fikrini bölişdi.

«Bolaligidanoq  qizlarga  buzilgan qadriyatlar singdiriladi, buzilgani şundaki, göyoki uning qölidan keladigan yagona narsa – yo rözğor işlarini bajariş va bola tarbiyasi bilan şuğullaniş yohud boğçada tarbiyaçi, maktabda öqituvçi, nari borsa şifokor bölişdir», — degan u.

Book Cafe da oila, otalik, bola tarbiyasi, xususan qizlar tarbiyasi masalalariga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv «Ota va qiz» loyihasi doirasida Upgrade ayollar markazi tomonidan taşkillaştirildi.

Muvaffaqiyatli, ijtimoiy  faol biznesmen, ikki qizning otasi Hikmat Abdurahmonov oila va bola tarbiyasi borasida bir neça tezislarni körsatib ötdi.

Nikoh –şirinliklar, guldasta va romantikadan iborat emas
Nikoh – şirinlik, guldasta va romantikadan iborat emas. Aksinça, har tomonlama tayyorgarlik, javobgarlik va bu tuşunçani töliq  anglaşni talab etuvçi reallikdir. 18-20 yoşda juftliklar aksariyat holatlarda mustaqil hayot, oilaviy hayotning mas'uliyatini anglaşga tayyor emaslar. Oqibatda  boqimandalikka  moyillik rivojlanib, yoş kelin-kuyov ota-onalikka tayyor bölmasligi u yoqda tursin, özlari hali bolalikdan çiqişga ulgurmagan böladi va bu omil ham ajrimlar ehtimolini oşiradi.

Uşbu muammo ayniqsa bizning mamlakatda dolzarb bölib, uni ijtimoiy roliklar, kattalar va yoşlarning dunyoqaraşini özgartiriş orqali kötarişimiz kerak. Yoşlar yoşlik gaştini sursin, öqisin, işlasin, sayohat qilsin, bir söz bilan aytganda ulğaysin va ideallari, qaraşlari, moliyaviy mustaqilligi şakllanib bölganidan keyingina özlari buni anglagan holda nikoh quriş haqida hayotlaridagi muhim qaror sifatida öylaşlari zarur. Yoş nuqtai nazaridan bu 23-25 yoşga yaqin sodir böladi.

Jamiyatning oğriqli nuqtasi – hisob-kitobli nikoh
Köpinça kuyovning ota-onasi kelin qidiriş bilan şuğullanadi, kuyov bölmiş esa bölajak rafiqasini tanimasligi yoki u bilan töygaça bir-ikki marta uçraşgan bölişi mumkin. Ayting-çi, XXI asrda, taraqqiyot asrida bu qançalik töğri? Bunday yuzaki yondaşuvda sizga aynan şu inson yoqişi va u bilan taqdiringizni boğlaşingiz mumkinligini işonç bilan aytişingiz ehtimoli qançalik kuçli? Yoşlarga atrofidagilari orasida, universitet va kollejlarda yoki qiziqişlariga köra öz taqdirini izlaşga nima halaqit beradi?

Er-xotin hayotini qurayotib, yoşlar öz qarorlari uçun butun javobgarlikni öz zimmasiga olişlari lozim. Ota-onalar taşabbusni öz qöliga olar ekan, oldindan öz farzandida qaror unga tegişli emasligi va javobgarlik ham uning boş oğriği emasligiga işonçni şakllantirişadi. Bunda şarq an'analariga tan berib, yoşlar öz ota-onalari bilan maslahatlaşişlari va «oq fotiha» olişlari mumkin. Mazkur an'ana yoş ota-onaning öz farzandlariga mehr berişiga  ta'sir qilib, ular bir-birlariga bölgan muhabbatning haqiqiy mevasi böladi.

Turmuş örtoqlar bir-biriga hamkor va hamfikr bölişlari zarur. Şuning uçun farzandlarimizga muloqot qiliş, döst orttiriş va öz muloqot doirasini kengaytiriş imkoniyatini berişimiz kerak. Albatta bunda xulq-atvor, madaniyat, tarbiya me'yorlarini unutmaslik lozim.

An'ana va urf-odatlar
An'ana va urf-odatlar – yaxşi, lekin ularga ba'zan zamonaviy nazar yetişmaydi. An'ana va urf-odatlar hayotni oğirlaştirmasdan, aksinça uni boyitib, zamonaviy haqiqat me'yorlariga muvofiq bölganda yaxşidir.

Bundan taşqari, ota-onalar yoşlarni töydan keyin ham boqişga moyil, oqibatda bolalar tayyor narsaga örganib, ösişga, hayotda öz kuçi bilan biror narsaga erişişga rağbatlantirilmaydi. Ota-onalar bolalarga muvaffaqiyatga erişiş könikmalarini örgatişlari, maslahat berişlari, ta'limga mablağ sarflaşlari lozim, lekin baloğatga yetganlaridan söng bu yoğiga endi har tomonlama mustaqil bölişlari kerakligini uqtirişi kerak.

Qizlarga buzilgan qadriyatlar singdiriladi
Jamiyatimizda öğil qizdan yaxşiroq degan yangliş tuşunça haligaça  mavjud. Bunday munosabat, ayniqsa e'tibor va muhabbat zaxiralarning notöğri taqsimini özgartiriş kerak.

Bolaligidanoq qizlarga yangliş qadriyatlar singdirilib, göyoki uning qölidan keladigan yagona narsa – yo rözğor işlarini bajariş va bola tarbiyasi bilan şuğullaniş yo boğçada tarbiyaçi, maktabda öqituvçi, nari borsa şifokor böla olişi mumkinligini singdirişdir (bu kasblar ayollarga xos eng köp tanlanadiganlari). Aslida esa ularga boşqa kasblarni tanlaşga nima xalaqit qilyapti? Aminmanki, jamiyatimizning uyğunlikda rivojlanişi uçun qizlarimiz orzu qilişlari va maqsadlariga erişilari, özlarida liderlik sifatlarini rivojlantirişlari, sportda muvaffaqiyatlarga erişişlari, jurnalistikadan tortib siyosatgaça istalgan kasb egasi bölişlari va bularni rivojlangan mamlakatlarda  singari baxtli onalik va turmuş bilan uyğunlikda olib borişlari lozim. Öylaşimça, bu er-xotinlik institutini va umuman jamiyatimizni yanada mustahkamlagan bölardi.

Ota qizlariga tanlaş huquqini beradi: xoh u kitob yoki boşqa qiziqişlar bölsin. Ularga mustaqillik va erkinlikni singdiradi, ularning tarbiyasida e'tiborli va sabr-toqatli bölib, ularga xato qiliş va xatolar orqali saboq olişni örgatadi. Bunda ota ularning dösti, ustozi hamdir. Bolada ruhiy öziga işonç hissi rivojlanişi biz, otalarga boğliq, buning uçun esa bolaga şartsiz muhabbat baxş etiş kerak.
 
Farzandlaringizni quçoqlaşni unutmang – bu mehr-muhabbatingizni ulaşişning eng yaxşi yölidir.
 
Hikmat Abdurahmonov auditoriyaga tarbiya böyiça maslahatlarini ham berib ötdi. Masalan, xizmat safarlaridan qaytar ekan, u qizlariga qöğirçoq yoki yumşoq öyinçoqlar emas, balki rivojlantiruvçi öyinçoqlar xarid qiladi. Har zamonda onalarisiz qizlar bilan «uçraşuvlar» uyuştiradi va ular bilan yanada yaqin böladi, ularni qiziqtirgan mavzularda gaplaşadi. Bola unga savol berar ekan, şunçaki javob qaytarmaydi. Avval: «Özing nima deb öylaysan?»-deb savolga tutadi. Şuningdek ota va qizlari birgalikda dars tayyorlaydi.

Hikmat Abdurahmonov E.Bernning «Odamlar öynaydigan öyinlar» kitobi va «Qiz tarbiyasi» (Vospitaniye devoçki) maqolasini öqiş, hamda Andrey Zvyagintsevning «Muhabbat emas» filmini tomoşa qilişni tavsiya qildi.

«Ota va qiz» loyihasining keyingi spikerlari sifatida biznes, sport, jurnalistika, ta'lim va siyosat sohalaridan muvaffaqiyatli erkaklar taklif qilinadi va öz fikrlari bilan bölişadilar. 

Sadullayeva Gavhar