Belgiyada 79 yoşli ayol Porsche Boxster GTS maşinasida umumiy foydalaniş yölida 238 km/soat tezlik bilan harakatlangani uçun 4000 yevro jarimaga tortildi va uç oyga haydovçilik guvohnomasidan mahrum etildi. Bu haqda Gazet Van naşri ma'lum qildi. 

Keksa ayol özining bu xatti-harakatini keçasi uxlay olmagani va biroz şamollab keliş uçun maşinada sayr qilişga qaror qilgani bilan tuşuntirgan. Uning aytişiça, u avtomobil ketayotgan tezlik haqida umuman tuşunçaga ega bölmagan, biroq öziga çiqarilgan hukmga töliq rozi.

Avval 79 yoşli ayol birorta ham qoidabuzarlikka yöl qöymagan.

Porsche Boxster GTS rodsteri 3,4 litr hajmga ega 6 silindrli dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatel 330 ot kuçi beradi. Motor 6 poğonali mexanik yoki ikki ilaşişli 7 poğonali avtomat uzatmalar qutisi bilan birgalikda işlaydi.

Maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 4,7 soniyada erişa oladi, maksimal tezligi esa soatiga 279 km ni taşkil qiladi.