2017 yil 26 iyul kuni Xalqaro Press-klubda «Özbekistonning zamonaviy soliq siyosati: vazifalar va amalga oşiriş mexanizmi» mavzusida navbatdagi sessiya bölib ötdi. Anjuman davomida Respublikamizda soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa mujburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş, soliq tölovçilarga yaratilgan qulaylik va imtiyozlar, davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etişning muhim yönalişlari, davlat soliq xizmati organlari tomonidan körsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş bilan boğliq belgilangan vazifalar, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida taşkil etilgan Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga tuşumlarning töliqligini nazorat qiliş inspeksiyasining vazifa va funksiyalari muhokama qilindi.

Sessiyada jurnalistlarning savollariga Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi örinbosarlari Erkin Gadoyev, Nazarali Norboyev va Xotambek Şakirov, Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri örinbosari Nodirjon Jörayev, Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining örinbosari Şuxrat Ismailov, Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri örinbosari Mubin Mirzayev, Markaziy bank raisi örinbosari Saidkamol Xodjayev, Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi örinbosari Qaxramon Valiyev hamda Boş prokuratura, Davlat soliq qömitasining mutasaddi xodimlari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi, Soliq akademiyasi öqituvçilari javob berdilar.

Şuningdek, anjumanda Xalqaro Press-klub Jamoatçilik kengaşi, soha ekspertlari, mutaxassislar, xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. 

Ma'lumki, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida soliq soliş bazasini kengaytiriş orqali soliq ma'muriyatçiligini soddalaştiriş va soliq yukini kamaytiriş masalalari alohida örin tutadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi “Soliq ma'muriyatçiligini tubdan takomillaştiriş, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarning yiğiluvçanligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni mamlakatimizda mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantiriş va xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş uçun soliq yukini izçillik bilan kamaytiriş va qulay şart-şaroitlarni yaratişni ta'minlaydigan soliq tizimi yangi davrni boşlab berdi.